So’nggi yangiliklar

18:14Мераб Двалишвили: "MMA’да энг ёқтирмайдиган нарсам — вазн ташлаш" 0 17:51МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда 0 17:29Америкалик UFC жангчиси: "Евлоев камар учун жанг қилиши керак. Бу сиёсий ўйинлар" 0 17:07"Уни нокаут қилишдан хурсанд бўламан". Жастин Гэтжи Топурияга қарши жанг ҳақида гапирди 0 16:54Алмабаевнинг мураббийи Темиров билан жанг бекор бўлганига муносабат билдирди 0 16:43Мураббий Рамазон Темировнинг жанги бекор бўлганини тасдиқлади 0 16:41Яна тўрт ёш дзюдочимиз Kocaeli European Judo Hopes турнирида шоҳсупага кўтарилди 0 16:35Рамазон Темировнинг Алмабаевга қарши жанги бекор бўлдими? 0 16:16U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди 0 15:55"Дивизиондаги энг енгил жанглардан бири". Илия Топурия — кейинги рақиби ҳақида гапирди 0 15:33Уимблдон 1/4 финалига чиққан Анисимова Топ-10`таликда дебют қилади 0 15:12Царукян UFC 319 олдидан Чимаевнинг машғулот лагерига қўшилди (ФОТО) 0 14:51Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади" 0 14:30Жиу-житсу юлдузи Маркус "Бучеча" UFC`да дебют қилади 0 14:09Шахматчиларимиз FIDE аёлар Жаҳон кубогидаги иштироклари муваффақиятли бошлашди 0

19 iyu 23:40
Yangiliklar

Boshqalar, Tokio-2020

"Vatan seni faqat g'alaba bilan kutadi". Bosh vazir Abdulla Aripov Olimpiyachilarimizga omad tiladi

Teglar :  Tokio-2020
Tokio olimpiadasiga ham sanoqli kunlar qolmoqda.

Bugun Toshkent Xalqaro aeroportida delegaciyamizning asosiy tarkibi kun chiqar yurtga charter reys bilan jo'nab ketdi. Delegaciya tantanali tarzda kuzatildi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbaeva ham ishtirok etishdi hamda sportchilarimizga omad tilashdi. Hukumatimiz rahbarlari delegaciya bayrog'ini tantanali ravishda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonovga topshirdi. 

SHundan so'ng so'z olgan hukumat rahbari:

"4 yil emas, 5 yil davomida siz sport oilasi intiqib, mehnat qilib kutgan kun keldi mana. Eng muhimi, mashaqqat bilan qo'lga kiritigan 71 ta licenziya egalari Tokioda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishi kerak. Sizning tayyorgarlik ko'rishingiz uchun har tomonlama sharoit yaratib berildi. Nazarimda, biror federaciya vakili yoki sportchi yana qandaydir qo'shimcha chora-tadbirlar ko'rilsa bo'lardiyu, lekin unga mablag' etmadi deb ayta olmaydi. Negaki, Prezidentimizning topshiriqlari asosida federaciya rahbarlari bilan birgalikda bir necha marta yig'ilish o'tkazilgan va so'ralgan mablag'lar bilan taminlangan. Tayyorgarlik ham shunga yarasha bo'ldi deb hurmatli Prezidentimizni ishontirsam bo'ladimi?", - deya murojaat qildi sportchilarimizga mamlakatimiz Bosh vaziri Abdulla Aripov.

"Hurmatli sportchilar, unutmangki, sizni 35 million xalq duo qiladi, sizga muxlislik qiladi, sizni intiq bo'lib kutadi. Ulug'  Vatanning ulug' farzandi, bilib qo'yki, seni Vatan kutadi. Vatan seni faqat g'alaba bilan kutadi",- dedi Aripov Prezidentimizning olimpiadachilariga bildirgan ishonchlarini eslatar ekan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing