So’nggi yangiliklar

13:29WBC Сергей Богачукни рейтингнинг биринчи поғонасига қайтаради 0 13:08Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов "чўкиш"да давом этмоқда 0 12:47ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади 0 12:26US Open. Жокович ўзидан тенг баробарга ёш рақибини ютди 0 12:05Алжамейн Стерлинг янгиланган рейтингда кўтарилди 0 11:44Хабиб Нурмагомедов: "Маддаленани анчадан бери кузатаман – унинг битта камчилиги бор" 0 11:23Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди 0 11:02Собиқ UFC жангчимиз Зарруҳ Адашев "ов"га қайтмоқда + ПОСТЕР 0 10:41Анкалаев – Чимаевга қарши жанг ҳақида: "Хуш келибсан!" 0 10:20US Open. Медведев қаторасига учинчи "Катта Дубулға" турнири стартидаёқ ютқазди 0 09:59Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир 1/2 финалчи аниқланади 0 09:38Рақамланган UFC 320 турнири карди яна бир жанг билан тўлдирилди 0 09:17Рамазон Темиров UFC допинг учун қандай чора кўра деган саволга жавоб берди 0 08:56Осиё крикет Кенгаши вакиллари Ўзбекистон крикет федерацияси фаолиятини муносиб баҳолади 0 08:35Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади 0

24 avg 14:42
Yangiliklar

Tadbirlar

Vazirlikda kelgusi yil uchun rejalar belgilab olindi

Sportni rivojlantirish vazirligida videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Sportni rivojlantirish vazirligida vazir o'rinbosari SHaxrullo Mahmudov, vazir maslahatchisi Avazjon Karimov, Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining o'rinbosari SHerzod Tashmatov, vazirlikning hududiy boshqarmalari, sport turlari bo'yicha federaciyalarning masullari hamda sport talimi muassasalarining rahbarlari ishtirokida videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Kun tartibidan quyidagi masalalar o'rin olgan edi:

- 2023-yil uchun Respublika kalendar rejasiga puxta va aniq takliflarni shakllantirish;

- Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga yangi o'quv yili uchun qabul jarayonini jadallashtirish va (imtihon) selekciyani yuqori darajada tashkil etish;

- Sport maktablari faoliyatini jonlantirish bo'yicha grafik asosida tushuntirish ishlari va suhbatlarni tashkil etish bo'yicha rahbariyat topshirig'i ijrosini taminlash.

Dastavval sport sohasida olib borilayotgan ishlar, sohadagi yutuqlar, shu bilan birga o'z echimini kutayotgan muammolar to'g'risida malumotlar berildi.

Bugun xalqaro maydonlarda erishayotgan yutuqlarimizdan har qancha quvonsak arziydi. Ayniqsa, Rossiyaning Vladivostok shahri mezbonligida o'tkazilgan “Osiyo bolalari” xalqaro o'yinlaridagi muvaffaqiyatlari, Hindistonning CHennay shahrida tashkil etilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida erkaklar terma jamoamizning yakunda 1-o'rinni qo'lga kiritib, dunyo ahlini hayratga solgani, Turkiyaning Konya shahrida bo'lib o'tgan V Islom birdamligi o'yinlarida mamlakatimiz sport delegaciyasi umumjamoa hisobida 2-o'rinni olganligi juda katta tarixiy natija. Lekin, yutuqlar bilan birgalikda kamchiliklarimiz ham yo'q emas. Bugungi yig'ilishda ana shu kamchiliklar ko'rib chiqildi.

Eng avvalo sportda shaffoflikni taminlash lozimligi, Respublika miqyosida o'tkazilayotgan musobaqalarda tuman va shaharlardan iqtidorli yoshlar qamrovini kengaytirish va mazkur musobaqalar orqali katta sportga talantli yoshlarni saralab olish kabi masalalar haqida ham o'zaro fikr almashildi. Yig'ilish yakunida qilinadigan ishlar rejasi belgilab olindi.

Xulosa o'rnida aytish lozim, agar hozirdan istedodli yoshlarni saralab va shakllantirib borsak, ertaga nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan Osiyo va Jahon chempionlari ko'plab etishib chiqadi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing