So’nggi yangiliklar

19:41Мераб Двалишвили: "Пётр Ян — Умардан кучлироқ" 0 19:20Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди 0 18:58Илия Топурия: "Мен Арман Царукянни финиш қиламан" 0 18:37"Жанг фақат камар учун". Шавкат Раҳмонов Муҳаммадга қарши жанг қилмайди 0 18:14Мераб Двалишвили: "MMA’да энг ёқтирмайдиган нарсам — вазн ташлаш" 0 17:51МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда 0 17:29Америкалик UFC жангчиси: "Евлоев камар учун жанг қилиши керак. Бу сиёсий ўйинлар" 0 17:07"Уни нокаут қилишдан хурсанд бўламан". Жастин Гэтжи Топурияга қарши жанг ҳақида гапирди 0 16:54Алмабаевнинг мураббийи Темиров билан жанг бекор бўлганига муносабат билдирди 0 16:43Мураббий Рамазон Темировнинг жанги бекор бўлганини тасдиқлади 0 16:41Яна тўрт ёш дзюдочимиз Kocaeli European Judo Hopes турнирида шоҳсупага кўтарилди 0 16:35Рамазон Темировнинг Алмабаевга қарши жанги бекор бўлдими? 0 16:16U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди 0 15:55"Дивизиондаги энг енгил жанглардан бири". Илия Топурия — кейинги рақиби ҳақида гапирди 0 15:33Уимблдон 1/4 финалига чиққан Анисимова Топ-10`таликда дебют қилади 0

20 avg 19:51
Yangiliklar

Voleybol

Voleybol bo'yicha birinchi Markaziy Osiyo chempionatida guruh bahslari yakunlandi

Teglar :  Voleybol
Kecha o'yinlarni bevosita kuzatish uchun Qirg'iziston Respublikasi Botken viloyati gubernatori A.Alimbaev Farg'onaga tashrif buyurdi.

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Farg'ona shahridagi «Samo» sport majmuasida voleybol bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida birinchi Markaziy Osiyo chempionati o'tkazilmoqda. Kecha guruh bahslari yakuniga etib, yarim finalchilar aniqlandi.

Etiborli jihati, erkaklar va ayollar o'rtasidagi musobaqalarda yarim final juftliklari bir xil ko'rinish oldi.

Jumladan, erkaklar o'rtasidagi musobaqalarda qo'shni Qozog'iston terma jamoasi barcha o'yinlarni g'alaba bilan yakunlab, guruh bosqichini 1-o'rinda tugatdi. Endi ular final yo'llanmasi uchun guruh bahslarini so'nggi pog'onada tamomlagan tojikistonliklar bilan kuch sinashadi. Ikkinchi yarim final juftligini O'zbekiston va Qirg'iziston terma jamoalari tashkil etishdi.

Xuddi shunday holat ayollar o'rtasida ham kuzatildi. Yani, bu erda ham guruh bosqichini qozog'istonliklar 1-o'rinda tugatishdi. Yarim finalda ular guruh autsayderi Tojikiston bilan kuch sinashsa, hamyurtlarimiz qirg'izistonlik dugonalari bilan musobaqalashadi.

Darvoqe, kecha bo'lib o'tgan O'zbekiston va Qirg'iziston jamoalari uchrashuvlarini tomosha qilish uchun Farg'onaga Qirg'iziston Respublikasi Botken viloyati gubernatori A.Alimbaev tashrif buyurdi. Faxriy mehmonni Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari, Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'i X.Ahmedov kutib oldi.

Tashrif davomida A.Alimbaev «Samo» sport majmuasida yaratilgan sharoitlarni ham ko'zdan kechirdi.

Musobaqa g'oliblari 22 avgust kuni aniqlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing