So’nggi yangiliklar

20:09Оғир атлетикачимиз Осиё чемпионатида мутлақ чемпион бўлди 0 19:17Перейра дебют жангидаёқ UFC рекордини ўрнатади 0 18:56Виржил Ортис: "Мен у билан жанг қилмоқчиман — тез орада бу тўқнашув амалга ошади" 0 18:35Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди 0 18:14UFC Қатарда турнир ўтказишини эълон қилди 0 17:53Спорт вазирлигида паралимпия ҳаракатини ривожлантиришга бағишланган тақдимот бўлиб ўтди 0 17:32UAE Warriors чемпиони Хотамбек Бойназаровнинг кейинги жанги санаси ва манзили маълум бўлди 0 17:11Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди 0 16:50АҚШда жангида мағлуб бўлганидан бир неча соат ўтиб, 37 ёшли боксчи вафот этди 0 16:29Пара таэквондо терма жамоамиз халқаро очиқ челленж мусобақасида иштирок этади 0 16:08Расман. Эннис IBF чемпионлик камаридан воз кечди 0 15:47Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди + ФОТО 0 15:26Уимблдон. Арина Соболенко 1/2 финалда ўйнайди 0 15:05Президент қарори қабул қилинди: Ўзбекистон спортчилари Олимпия ва Паралимпия ўйинларига комплекс тайёрланади 0 14:44Самарқанд FIDE Grand Swiss 2025 иштирокчилари тасдиқланди 0

07 sen 21:24
Yangiliklar

Voleybol

Voleybol bo'yicha erkaklar terma jamoamiz Osiyo chempionatiga jo'nab ketdi, ular 12 yillik tanaffusdan so'ng qita birinchiligida qatnashishadi

Teglar :  Voleybol
Vakillarimiz uzoq yillik tanaffusdan keyin yana qita chempionatida ishtirok etishadi.

Bugun ertalab voleybol bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi azolari Yaponiyaning CHiba shahrida o'tkaziladigan Osiyo chempionatida qatnashish uchun jo'nab ketishdi. Vakillarimiz kunchiqar yurtga Turkiya orqali etib borishadi.

Terma jamoamiz tarkibidan 11 nafar sportchi, 2 nafar murabbiy hamda shifokor o'rin olgan. Mamlakatimiz sport delegaciyasiga O'zbekiston voleybol federaciyasi bosh kotibi Xusan Nasrullaev rahbarlik qilmoqda.



Osiyo chempionatida 16ta jamoa 4 guruhga bo'lingan holda bahslarga kirishadi. Vakillarimiz esa «S» guruhida Avstraliya, Xitoy hamda Quvayt terma jamoalari bilan kuch sinashadi. O'z guruhlarida 1-2-o'rinlarni egallagan terma jamoalar pley-off bosqichida medallar uchun kurashni davom ettirishsa, 3-4-o'rinlarni band etgan yurt vakillari 9-16-o'rin egalarini aniqlab olish uchun bahs yuritishadi.

SHuni takidlash kerak, O'zbekiston voleybol terma jamoasi so'nggi marotaba bundan 12 yil muqaddam qita chempionatida ishtirok etgan. Keyinchalik turli sabablarga ko'ra na erkaklar, na ayollar terma jamoalarimiz Osiyo chempionatiga borishmagan. Buning natijasida Osiyo voleybol konfederaciyasi O'zbekiston voleybol federaciyasini qita miqyosidagi har qanday musobaqada ishtirok etishini taqiqlab qo'ygan hamda moliyaviy jarimaga ham tortgandi. Federaciyaning yangi rahbariyati tomonidan olib borilgan say-harakatlar natijasida mana shu muammolar bartaraf etildi va endi bemalol yurtimiz voleybolchilari qita miqyosidagi musobaqalarda, agarda omadi chopsa jahon miqyosidagi musobaqalarda ham ishtirok etishi mumkin.



Voleybol bo'yicha erkaklar o'rtasida Osiyo chempionati 12-19 sentyabr kunlari o'tkaziladi. Bo'lajak musobaqada vakillarimizga omad tilaymiz.

Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing