So’nggi yangiliklar

17:39Роналду Диогу Жотанинг фожиали вафотига муносабат билдирди 0 17:17Мавлонбек Миркомиловнинг кейинги рақиби ҳамда жанг санаси эълон қилинди 0 16:55"Осон пуллар". Царукян — Гэтжи ва Пимблетт билан жанглар ҳақида гапирди 0 16:32Ўзбекистон спорти раҳбарлари Қозоғистон МОҚ раҳбари Геннадий Головкин ва бошқалар билан учрашди (ФОТО) 0 16:16"Диогу ва Андренинг шахсий дахлсизлиги ҳурмат қилинишини истайди" — "Ливерпуль" футбол клуби 0 15:55Тайсон Фьюри 2026 йилда Усик билан учинчи жанг бўлишини айтди 0 15:34Шаҳрам Ғиёсов WBA вақтинчалик камари учун жанг қилади, рақиб маълум — манба 0 15:13Уимблдон. Элина Свитолина учинчи даврада 0 14:52"Фенербахче" Асенсио учун ПСЖга 15 млн евро таклиф қилди 0 14:31Феруза Казакова Жаҳон кубоги ярим финалига йўл олди 0 14:10Аслида Шоҳжаҳон Эргашев рингга чиқиши керак бўлган Ованес Бачков иштирокидаги жанг 9-раундда тўхтатилди 0 13:49Сергей Фомин Марбургда муваффақиятли старт олди 0 13:28Илгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди 0 13:07Боксчиларимиз йиғин ўтказиш мақсадида Хитойга жўнаб кетишди, у ерда терма жамоамизни халқаро мусобақа ҳам кутиб турибди 0 12:46Даниэль Кормье: "Ислам Топурияни енгади, лекин..." 0

11 may 16:05
Yangiliklar

Voleybol

Voleybol: ilk marotaba faxriylar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati Urganchda o'tkaziladi

Teglar :  Voleybol
Voleybol dunyoda eng ommalashgan va rivojlangan sport turlaridan biri hisoblanadi.

O'zbekistonda ham ushbu sport turiga qiziqish nihoyatda yuqori, desak mubolag'a bo'lmaydi. Biroq, ayrim sabablarga ko'ra yurtimizda voleybolni ommalashtirish va rivojlantirish borasidagi ishlar oqsayotgan edi.

So'nggi yillarda O'zbekiston voleybol federaciyasi rahbariyatida amalga oshirilgan o'zgarishlar natijasida ushbu sport turi rivojida yangi davr boshlandi, deyish mumkin. Avvalo musobaqalar soni oshdi. Endilikda nafaqat kattalar va yoshlar, hatto o'smirlar o'rtasida ham musobaqalar o'tkazilishi yo'lga qo'yildi.

Musobaqalarni tizimli ravishda o'tkazishga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda. Barcha yosh toifasidagi musobaqalar xalqaro qoidalar asosida o'tkazilishi yo'lga qo'yildi. Bu esa o'yinlardan keyin turli noroziliklarning kelib chiqishi, hakamlikdaki noxolisliklarga barham berishga xizmat qilmoqda.

2021-yil 20-23-may kunlari mamlakatimiz voleyboli tarixida ilk marotaba faxriylar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkaziladi. Bu ham albatta yurtimizda voleybolning yana-da ommalashuviga xizmat qiladi.

Faxriylar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida har bir jamoa tarkibidan 11 nafar voleybolchi (libero bilan birga) hamda bir nafar trener joy olishi mumkin. Jamoalar tarkibiga 40-44 yosh hamda 45-49 yoshdagi bir nafardan hamda 50 yosh va undan yuqori bo'lgan 9 nafar ishtirokchi kiritilishi belgilab qo'yilgan.

Mazkur musobaqa sportchilik faoliyatini yakunlagan, biroq trenerlik faoliyati bilan mashg'ul bo'lmagan sobiq voleybolchilarga yana katta sport havosini his qilishlariga yordam beradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing