So’nggi yangiliklar

13:49Сергей Фомин Марбургда муваффақиятли старт олди 0 13:28Илгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди 0 13:07Боксчиларимиз йиғин ўтказиш мақсадида Хитойга жўнаб кетишди, у ерда терма жамоамизни халқаро мусобақа ҳам кутиб турибди 0 12:46Даниэль Кормье: "Ислам Топурияни енгади, лекин..." 0 12:25Superunited Rapid & Blitz Croatia. Абдусатторов рапид бўйича учта партияда дона сурди 0 12:04“Ал Ҳилол“ “Манчестер Сити“ни мағлуб этгани учун футболчиларга қанча мукофот пули бергани маълум 0 11:43Царукян: "Топурияни фақат мен енга оламан" 0 11:22Ёшларимиз Чехия ва Венгрияда ўтказиладиган Европа Кубокларига жўнаб кетишди + ФОТО 0 11:01Жаҳон кубоги. Кеча жанг қилган уч боксчимиздан икки нафарида ғалаба 0 10:40Суперлига. Бугун 1-давранинг сўнгги тури старт олади 0 10:19Мадияр Саидраҳимов IBA.Pro 7 турнирида озарбайжонлик рақиби устидан ғалаба қозонди 0 09:58Пойтахтимиз мезбонлигидаги стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ниҳоясига етди 0 09:37"Ҳаваскордек жанг қилди". Пимблетт Оливейрани танқид қилди 0 09:16“Насаф“ Мозговойнинг ўрнига “Динамо“ етакчисини олиб келмоқчи 0 08:53"Топурия ва Царукян бой оиладан чиққан" - Даниэль Кормье 0

23 sen 10:10
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari

Xanchjou-2022, Parij-2024: Badminton va chim ustida xokkey federaciyalarining taqdimoti tinglandi

Olimpiya sport turlari bo'yicha terma jamoalarimizning Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik bo'yicha taqdimot rejalari ko'rib chiqilmoqda.

Kecha O'zbekiston chim ustida xokkey va O'zbekiston badminton federaciyalarining taqdimotlari tinglandi. ZOOM platformasida o'tgan tadbirda MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov boshchiligidagi qo'mita mutasaddilari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakillari, O'zbekiston chim ustida xokkey hamda O'zbekiston badminton federaciyalari rahbariyati va murabbiylari qatnashishdi.

Takidlash joiz, har ikki yo'nalishda ham Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga qo'lga kiritiladigan yo'llanmalarimiz yo'q va bu borada imkoniyatlar ham qolmagan. SHu bois bor etibor bo'lajak musobaqalarga qaratilgan.

CHim ustida xokkey sportida jamoani to'liq shakllantirish bo'yicha qator masalalar mavjud. Murabbiylar shtabining malum qilishicha, ayni paytgacha terma jamoa vakillari uchun kerakli sport inventarlari etishmaydi. Sifatli maydon esa faqat Andijon viloyatida bor. Federaciya mutasaddilari o'z taqdimotlarida jamoani to'liq shakllantirish uchun nafaqat kerakli inventarlar, balki tibbiy-farmokologik vositalar bilan taminlash masalalariga ham alohida etibor qaratishgan. SHuningdek, o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil qilish uchun Toshkentda barpo etiladigan bazaga ushbu sportning maxsus maydon qoplamasini olib kelish borasida ish ketayotgani malum qilindi.

Badminton sporti Osiyo miqyosida kuchli rivojlanishga ega. So'nggi Olimpiya o'yinlarida ham sovrindorlarning aksariyati qitadoshlarimiz hisoblanishadi. SHu bois sariq qitada Olimpiya o'yinlariga licenziya qo'lga kiritishning o'zi bir muncha mushkul vazifa. O'zbekiston badminton federaciyasi tomonidan tayyorlangan taqdimotda bu jihatga alohida urg'u berildi. Terma jamoa murabbiyi Oleg Savatyugin licenzion o'rindan joy olish uchun badmintonchilarimiz doimo yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etib borishlari zarurligini takidladi. Zero, ushbu sport turida licenziyalar yirik musobaqalarda qayd etilgan eng yaxshi natijalar bo'yicha tuzilgan reytingga qarab taqsimlanadi. Qolaversa, sportchilarimiz kuchli sparring raqiblari bilan ishlashlari, ular uchun kerakli inventarlarni taminlash bo'yicha ham fikrlar bildirildi.

Tadbirda ishtirok etgan MOQ rahbari mazkur rejalar bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Bir vaqtlar, ayniqsa, chim ustida xokkey bo'yicha kuchli ananaga ega jamoamiz bo'lganini yaxshi bilamiz. Nasib qilsa, birgalikda o'sha jamoani qayta tiklaymiz. Badminton bo'yicha rivojlanishning yangi bosqichiga chiqamiz. Buning uchun hammamiz bahamjihat ishlashimiz lozim. Rejalar bilan tanishib chiqdim. MOQ va Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Sizlarni qo'llab-quvvatlaydi. Bu borada barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing