28 sen 11:29
Yangiliklar
Boks/MMA
100 000 funt jarima to'lagan jahon chempionida endi doping aniqlandi
Professional boks bo'yicha yana bir jahon chempioni doping-mojarosiga aralashib qoldi.
Aniqrog'i, o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Billi Jo Sonders doping-tekshiruvdan o'ta olmadi. Erkin antidoping associaciyasi 29 yoshli jahon chempionidan doping-tahlil oldi.
Britaniyalik bokschining qon tarkibida taqiqlangan oksilofrin moddasi aniqlangan. Bu stimulyator WADA tomonidan elon qilingan qatiyan man etilgan moddalar ro'yxatida bor.
Etiborga molik jihati shundaki, Sonders ikki kun avval narkotik moddalar tufayli 100 000 funt sterling miqdorida jarimaga tortilgandi. Endi esa dopingga tushib qoldi. Endi katta ehtimol bilan uning 20 oktyabr kuniga belgilangan Demetrius Andradega qarshi jangi bekor qilinadi. Xatto chempionlik kamaridan ham mahrum qilinishi mumkin.
Havola :
Fikrlar