31 dek 15:31
Yangiliklar
Tennis
14 yoshli tennischi bosh sovrin uchun kortga chiqadi
Tunisning Monastir shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ITF turniri o'z yakuniga etib bormoqda.
Mukofot jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil etuvchi musobaqaning 1/2 finalida franciyalik 14 yoshli Kseniya Efremova WTA reytingida 737-pog'onada borayotgan rossiyalik Milana Jabrailovani mag'lubiyatga uchratdi - 6:4, 6:0.
Malumot uchun, sobiq rossiyalik iqtidor egasi shu yilning sentyabr oyidan Franciya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda. U dunyoga mashhur Patrik Muratoglu akademiyasida tennis sir-asrorlarini o'rgangan. Kseniya faoliyatida ilk bor ITF turnirining finalida o'ynaydi. Bundan avvalgi eng yaxshi natijasi chorak final bo'lgan. Noyabr oyida aynan Monastirda o'tgan turnirda u yarim final ostonasida to'xtatilgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar