22 avg 12:17
Yangiliklar
Tennis
16 yoshli Andreeva Klivlendda muvaffaqiyatli start oldi
Dunyoning 67-raketkasi bo'lib turgan Mirra Andreeva AQSHning Klivlend shahrida o'tkazilayotgan WTA turniridagi yurishini boshladi.
Rossiyalik iqtidor egasi musobaqaning ilk davrasida WTA reytingida 77-pog'onada borayotgan germaniyalik Tamara Korpachni 6/0, 3/6, 7/5 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Mirra raqibasidan ustun ekanini amalda isbotladi - 2:0.
Ikki soatu 16 daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham bittadan eys arbasini amalga oshirdi. Breyklar Andreevada ko'proq bo'ldi - 5 ga 3! Endi 16 yoshli Andreeva ikkinchi davrada amerikakbr Sloan Stivensga qarshi kortga chiqadi. Sloan birinchi bosqichda hamyurti Loren Devisdan ustun keldi - 1/6, 6/3, 6/1.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar