09 jan 07:44
Yangiliklar
Tennis
18 yoshli Kori Goff Oklendni zabt etdi
Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida o'tkazilgan WTA turniri shu yil mart oyida 19 yoshga to'ladigan Kori Goffning triumfi bilan yakunlandi.
Dunyoning ettinchi raketkasi bo'lib turgan Kori final uchrashuvida WTA reytingida 130-pog'onada borayotgan ispaniyalik Rebeka Masharovaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/1, 6/1. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Etmish to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda Goff 5, Masharova 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Kori faoliyatidagi uchinchi sovrinni qo'lga kiritdi. Muvaffaqiyatli ishtirok unga 280 reyting ochkosi hamda 43,000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini keltirdi. Masharova esa 180 ball va 21,400 dollar ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar