So’nggi yangiliklar

11:32Янник Синнер Майами "Мастерс" 1/2 финалида 0 11:11Дана Уайт Махачев жангини кечиктирди: ҳимоянинг янги муддати маълум 0 10:50Ўртоқлик ўйини. Бразилия Францияга ютқазди 0 10:29Бугун спорт курашлари юлдузлари иштирокидаги PWL 11 турнири ўтказилади 0 10:08Арман Царукянга UFC’да рақиб ва жанг санаси белгиланди 0 09:47Боксчиларимиз Истанбулдаги нуфузли турнирда қатнашишади 0 09:26ЖЧ-2026 саралаши. Гекерешдан хет-трик, Косоводан голли "триллер" ва бошқа натижалар 0 09:05Америкалик cобиқ жаҳон чемпиони Шаҳрам Ғиёсов билан жанг қилишга тайёр 0 08:44Нурсултон Рўзибоев қатнашадиган UFC Baku турнирига яна бир қизиқарли жанг қўшилди 0 08:23Никита Цветков Осиё чемпионатида шоҳсупага кўтарилди 0 08:02ЖЧ-2026 саралаши. Туркия финал ўйинига йўл олди 0 21:19Разамбек Жамалов, Заурбек Сидаков, Лайлохон Собирова ҳамда бошқа кураш юлдузлари иштирокида ўтган PWL 11 матбуот анжумани ва вазн ўлчаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:55Денис Истомин энди бўйдоқ эмас (ФОТО) 0 18:28"Макгрегор билан жанг қизиқарли бўлади" - Макс Холлоуэй 0 18:02"Барселона" Осимхен билан шартнома имзолаш режасини ишлаб чиқмоқда 0

17 noy 17:56
Yangiliklar

Boks/MMA

2 dekabr kungi prof boks oqshomining markaziy jangi malum + FOTO

Poytaxtimizdagi muhtasham "Humo" arena saroyi navbatdagi professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi.

Lift Promotion promouterlik kompaniyasi hamda O'zbekiston professional boks federaciyasi hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu boks oqshomi 2 dekabr kuni soat 18:00da boshlanadi. 

Etiborlisi, ushbu professional boks kechasining markaziy jangi Fazliddin G'oibnazarov ishtirokida bo'lib o'tadi. Rio Olimpiadasi chempioniga yana bir hamyurtimiz Jamshid Karimov "vyzov" tashladi. 

Qizig'i, ushbu jarayon saytimizda bokschilarimiz ishtirokida o'tkazilayotgan suhbat chog'ida amalga oshdi. Samarqandlik Jamshid Karimov prof ringda 11 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning barchasida g'alaba qozongan. So'nggi jangini 10 noyabr kuni "Yunusobod" sport majmuasida o'tgan boks kechasining markaziy jangida andijonlik Zohidjon Hudoyberdievga qarshi o'tkazib, muddatidan avval texnik nokaut evaziga zafar quchgandi. 

Fazliddin G'oibnazarov esa so'nggi jangini 13 avgust kuni "Humo" arenada o'tgan professional boks kechasining markaziy jangida venesuelalik Eyder Parraga qarshi ringga ko'tarilgandi. O'n raundga mo'ljallangan jang 38 soniyada yakunlangandi. Fazliddin birinchi raunddayoq kuchli zarbasi evaziga raqibini nokautga uchratgan edi. 

Malumot uchun, Fazliddin G'oibnazarov va Jamshid Karimov ishtirokidagi markaziy jang 10 raund etib belgilandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing