21 dek 18:31
Yangiliklar
2024 yildan yoshlar o'rtasidagi Yakuniy turnirda 20 yoshdan katta tennischilar o'ynamaydi
Jumladan, 2024 yildan etiboran 20 yoshdan katta tennischilarga ushbu musobaqada qatnashish uchun rusat berilmaydi. SHu kungacha yosh chegarasi 21 ni tashkil etgandi.
Bundan tashqari, Top-350`talik reytingdan joy olgan va 20 yoshgacha bo'lgan tennischilar tashkilot tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Ularning bir yil davomida 100 va 125 toifasiga kiruvchi 8 tagacha "CHellenjer" turnirlarining asosiy to'rida kortga chiqishi taminlanadi.
Top-250`talikka kirgan 20 yoshgacha bo'lgan tennischilar esa qo'shimcha ravishda bitta ATP 250 turnirining asosiy to'rida, ikkita ATP 250 musobaqasi saralashida o'ynashlari kafolatlanadi. Bu qoidalar faqat bir haftada uch yoki undan ko'p ATP turnirlari o'tkazilgan haftalarda amalda bo'ladi.
Fikrlar