09 apr 20:08
Yangiliklar
Tennis
35 yoshli Mariya finalda, u chempionlik unvonini himoya qiladi
Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida tennis bo'yicha WTA turniri davom etmoqda.
Musobaqaning amaldagi g'olibasi, germaniyalik Tatyana Mariya qatorasiga ikkinchi yil ham finalda kortga chiqadigan bo'ldi. Dunyoning 66-raketkasi bo'lib turgan Mariya 1/2 finalda WTA reytingida 817-pog'onada borayotgan britaniyalik Francheska Jonsni 6/3, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. To'qson olti daqiqa davom etgan bahsda har ikki tennischi ham 2 tadan eys zarbasini amalga oshirishgan. Tatyana chempionlik himoyasiga aylanadigan final uchrashuvida amerikalik Peyton Stirnsga qarshi kortga chiqadi. U 1/2 finalda rossiyalik Kamilla Raximovadan 3/6, 6/2, 6/2 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar