22 iyu 08:02
Yangiliklar
39 yoshli Maykl Peyj: "Hanuzgacha UFC kamarini qo'lga kiritishga qodirman, deb hisoblayman"
U 5 sentyabr kuni Franciyaning Parij shahrida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 287 turnirida o'zbekistonlik Nursulton Ro'ziboevga qarshi oktagonga ko'tariladi.
«Bu shartnomam bo'yicha so'nggi jangmi? Ha. Ammo uning UFC'dagi oxirgi jangim bo'lishini istamayman. Katta janglarda ishtirok etishni xohlayman. Asosiy maqsadim — chempionlik kamarini qo'lga kiritish. Hanuzgacha bunga qodir ekanimni his qilyapman. Buni amalga oshira olishimga ishonaman. SHartnomam uzaytirilishini istayman, ammo buning uchun UFC'ga katta nomlarga qarshi jang qilishni xohlashimni isbotlashim kerak», — dedi Peyj Ariel Helvani podkastida.
39 yoshli Maykl Peyj UFC'dagi faoliyatini 2024 yilda boshlagan. Hozirga qadar u promoushenda 5 ta jang o'tkazib, 4 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Fikrlar