29 sen 11:04
Yangiliklar
4 yildan so'ng Daniil Medvedev Xitoyga qaytmoqda
US Open 2021 chempioni va ayni damda jahonning uchunchi raqmli tennischisi Danil Medvedev 28 sentyabrdan 4 oktyabrga qadar davom etadigan ATP-500 toifasidagi turnirda qatnashish uchun Pekinga uchib ketdi.
So'nggi US Open 2023 musobaqasida Medvedev 2022 yilgi chempion Karlos Alkarasni mag'lub etib, finalga chiqqan va hal qiluvchi bahsda 23 karra chempion Novak Jokovichga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. O'shanda rossiyalik raketka ustasi 3:6, 6:7 (5:7), 3:6 hisobida mag'lub bo'lgan.
Xitoy poytaxtida bo'lib o'tuvchi turnirning mukofot jamg'armasi 3 633 875 dollarni tashkil etadi. Musobaqa 2019 yildan beri avvaliga koronavirus pandemiyasi, keyin esa Pen SHuay (xitoylik ayol tennischi) bilan janjal tufayli o'tkazilmagan. 2019 yilda avstriyalik Dominik Tim Pekinda chempionlikni o'ziniki qilgan edi.
Fikrlar