27 sen 18:51
Yangiliklar
Boks/MMA

"40 foizga tayyor edim". Pereyra Ankalaevga mag'lubiyat sababi haqida gapirdi
UFC sobiq chempioni Aleks Pereyra Magomed Ankalaevdan mag'lub bo'lgan jang haqida gapirdi.
"Hozir batafsil to'xtalmayman, lekin men bilan sodir bo'lgan hamma narsani hisobga olsak, umuman birinchi jangda Ankalaevga qarshi oktagonga chiqqanimning o'zi ajablanarli hol edi. Rostini aytsam, o'sha kechada faqat 40% tayyorgarlik bilan chiqqandim. Agar bu safar hech bo'lmaganda 50% holatda bo'lsam ham, o'sha qo'shimcha 10% juda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Hech kimda shubha qoldirmayman", — dedi Pereyra YouTube'dagi The Brian Campbell Experience podkastida.
Havola :
Manba : The Brian Campbell Experience
Fikrlar