23 mar 09:07
Yangiliklar
40 yoshli Ovechkin NHL pley-off bosqichi bilan hisoblaganda 1000-golini urdi + FOTO
"Vashington Kepitalz" va "Kolorado Evelansh" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning 55-daqiqasida "Vashington" sardori Aleksandr Ovechkin hisobni tenglashtirdi - 2:2. Bu gol rossiyalik uchun Milliy Xokkey Ligasidagi pley-off bosqichini ham hisoblaganda yubiley 1000-gol bo'ldi.
Liganing butun faoliyati davomida Ovechkin NHL Muntazam chempionatining 1562 o'yinida 923 ta gol urdi va 753 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Pley-offda 40 yoshli rossiyalik 161 ta o'yinda 77 ta gol va 70 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Bungacha Milliy xokkey ligasida 1000 talik dovonni faqat bir o'yinchi - Ueyn Gretcki zabt eta olgandi. Kanadalik afsona faoliyatini 1016 ta gol bilan yakunlagan (894 - Muntazam chempionat, 122 - pley-offda).

Fikrlar