09 fev 18:04
Yangiliklar
![](/upload/storage/322207_220.jpg)
41 yoshli Derek CHisora Otto Vallinga qarshi 12 raundlik jang o'tkazdi
Oqshom doirasidagi qiziqarli janglarning birida superog'ir vazn toifasining IBF chempionlik kamari uchun davogar aniqlandi. Britaniyalik 41 yoshli Derek CHisora shveciyalik 34 yashar Otto Vallinga qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raundlik jang to'liq davom etdi va unda tajribali Derek 117-109, 116-110, 114-112 hisobida g'alaba qozondi.
Bu CHisoraning prof ringdagi 49-jangi edi. Ushbu g'alaba unga IBF chempionlik kamari uchun rasmiy davogar maqomini berdi. Qovog'i shikastlanganiga qaramay, CHisora to'qqizinchi va o'n ikkinchi raundlarda nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. G'alabadan keyin Derek o'zining keyingi 50-yubiley jangini chempion Aleksandr Usikka qarshi o'tkazishga tayyor ekanini malum qildi.
Fikrlar