20 iyu 09:27
Yangiliklar

46 yoshli Pakyao faoliyatini qayta tikladi, ammo u kamar uchun imkoniyatidan foydalana olmadi
Musobaqaning markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasida amerikalik WBC yo'nalishi chempioni Mario Barrios hamda turli vazn toifalarida 46 yoshli sobiq jahon chempioni, Filippin sharafini himoya qiluvchi afsonaviy Menni Pakyao o'rtasida kechdi.
12 raundlik chempionlik jangi to'liq davom etdi. Qizig'i, hakamlar bahsda durang natijasi qayd etilganini elon qilishdi. Hakamlardan biri 115:113 hisobida Marioga g'alabani bergan bo'lsa, ikki nafari 114:114 hisobidagi tenglikni aks ettirgan.
Kamar esa Barriosning o'zida qoladigan bo'ldi.
SHunday qilib, 46 yashar Pakyao o'zining 73-jangida 3-marta durangga rozi bo'ldi. Uning hisobida 62 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat bor. 30 yoshli Mario Barriosning rekordi esa endi 29-2-2 ko'rinishida.
Malumot uchun, ushbu vazn toifasida o'zbekistonlik bokschi SHahram G'iyosov WBA kamari uchun majburiy davogar sanaladi.
Fikrlar