29 sen 17:29
Yangiliklar
Boks/MMA

49 yashar Vanderley Silva jangidan keyingi ommaviy mushtlashuvda og'ir ahvolga tushdi (VIDEO)
Braziliyaning San-Paulu shahrida o'tkazilgan Spaten Fight Night 2 boks musobaqasida bahsli voqea yuz berdi.
Musobaqada ikki braziliyalik aralash yakkakurash ustasi — Vanderley Silva va Aselino Freytas o'rtasidagi jangdan keyin bokschilarning jamoalari ommaviy mushtlashuvga kirishdi. Silva ham vaziyatga aralashdi, ammo jangchilardan biri uni sovuqqonlik bilan nokautga uchratdi.
Malum bo'lishicha, 49 yashar Vanderleyni raqibi Aselino Freytesning o'g'li Rafael qulatgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar