So’nggi yangiliklar

16:51Нидерландия ЖЧ-2026 ни бойкот қилиши мумкин: 170 мингдан ортиқ имзо тўпланди! 0 16:30Сузувчиларимиз Тожикистондаги халқаро турнирда 45 та медални қўлга киритишди 0 16:08Долидзе: "Рози эмасман..." 0 15:49Фомин Хитой турнирини ғалаба билан бошлади 0 15:30"Реал"да масхарабозлик: Клуб шифокорлари юлдузларни бепул ChatGPT орқали "даволашган"! 0 15:15Акбар Жўраев номидаги спорт мактаби очилди (ФОТО) 0 14:52Ҳасанбой Дўсматовнинг кейинги рақиби аргентиналик боксчи бўлади — boxrec 0 14:25Синхрон сузувчиларимиз Париж Жаҳон кубогида қатнашади 0 14:01"Мени яхши кўрасизми ёки йўқ - барибир UFC чемпиони бўламан!" - Евлоев 0 13:40"У АПЛдаги энг яхши ҳимоячилардан бирига айланмоқда": Британия нашри Ҳусановнинг ўйинини юқори баҳолади 0 13:19Али Абдел-Азиз: "UFC'да биринчи марта Мовсарни мақташди" 0 12:58"Ёмон жанг". Дана Уайт ғалабали жангни танқид қилди 0 12:37"Ҳеч ким ҳатто яқин ҳам кела олмайди". Бенавидес замонавий бокснинг энг яхши жангчисини айтди 0 12:16Винисиус "Реал"да қоладими? 0 11:55Тажудинов Снайдерга, Царукян Пулласга қарши 2. RAF 7 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0

31 iyu 12:17
Yangiliklar

Boks/MMA

5 avgust kuni Toshkentda o'tkaziladigan professional boks turnirining to'liq kardi malum

Xabar berganimizdek, 5 avgust kuni poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyida Buka Boxing o'zining navbatdagi professional boks oqshomini tashkil etadi.

Buka Boxing Fight Night 2 boks kechasi doirasida jami 10 ta jang o'tkazilishi rejalashtirilgan. Unda o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalaridan tashqari, Rossiya, Ukraina, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistondan keladigan bokschilar ringga ko'tariladi.

Oqshomning markaziy jangi o'rta vazn toifasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan hamyurtimiz Ulug'bek Haqberdiev (9-0) hamda Rossiya vakili David Nikolaev (11-11-1) o'rtasida kechadi. Co main event jangida esa ikki o'zbekistonlik bokschi - SHukurjon Rahimov (3-0) va Olim Husanboev (1-1-0) to'qnash keladi.


Turnirning to'liq kardi bilan tanishing:

1. Superog'ir vazn: Asadbek Mannonov (Tojikiston) - SHokirjon Abduvaliev (O'zbekiston)

2. O'rta vazn (72.5 kg): Timur Sadullaev (O'zbekiston) - Asadbek Ismoilov (O'zbekiston)

3. Yarimo'rta vazn (66.6 kg): Xalimbek Utegenov (O'zbekiston) - Ro'ziboy Mirzajonov (O'zbekiston)

4. Birinchi o'rta vazn (63.9 kg): SHerzodjon Habibov (O'zbekiston) - Diyorbek Ergashev (O'zbekiston)

5. Birinchi yarimo'rta vazn (63.5 kg): Farhodjon Arabboev (O'zbekiston) - Abduqodir Ahadov (O'zbekiston)

6. Ikkinchi yarimengil vazn (58.9 kg): Muhammadnuriddin Kimsanboev (O'zbekiston) - Qobil Abirkulov (O'zbekiston)

7. Birinchi yarimo'rta vazn (63.5 kg): Ro'zimuhammad Akramov (O'zbekiston) - Tohir Komilov (Qirg'iz Respublikasi)

8. Ikkinchi yarimengil vazn (58.9 kg): Bekman Soylibaev (Qozog'iston) - Oleksandr Egorov (Ukraina)

9. Engil vazn (61.2 kg): SHukurjon Rahimov (O'zbekiston) - Olim Husanboev (O'zbekiston)

10. O'rta vazn (72.5 kg): Ulug'bek Haqberdiev (O'zbekiston) - David Nikolaev (Rossiya)     


Malumot uchun, Buka Boxing Fight Night 2 boks oqshomi 5 avgust kuni soat 18:00 da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing