30 iyu 20:20
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/228855_220.jpg)
Abdulaziz Najmiddinov Vetnamda nokaut evaziga g'alaba qozondi
Vetnamda professional boks oqshomi tashkil etildi.
Ushbu boks kechasi doirasida hamyurtimiz Abdulaziz Najmiddinov super yarim engil vazn toifasida indoneziyalik Rivo Kundimangga qarshi ringga ko'tarildi.
8 raundga mo'ljallangan jang to'rtinchi raundda yakunlandi. Aynan 4-raundda bokschimiz kuchli zarbasi bilan raqibini ringga qulatdi va g'alabaga erishdi.
SHu tariqa, Abdulaziz Najmiddinov prof faoliyatidagi 10-jangida 10-g'alabaga erishdi. Janglarning 8 tasini u muddatidan oldin yakunlagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar