24 fev 15:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdumalik Xalakov Ukrainadagi musobaqada ilk jangini o'tkazdi
Ukrainaning Krivoy Rog shahrida boks bo'yicha O.V.Asaulenko xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir o'tkazilmoqda.
Unda o'zbekistonlik bokschilar ham ishtirok etishmoqda.
Biroz avval yoshlar Olimpiadasi g'olibi, O'zbekiston chempioni Abdumalik Xalakov musobaqadagi ilk jangini o'tkazdi.
-57 kg vazn toifasida tashkil etilgan bahsda hamyurtimiz mezbon Timur Boboshkoga qarshi ringga ko'tarildi va muddatidan oldin g'alaba qozondi. Aniqrog'i, ikkinchi raunddan so'ng mezbon bokschining jamoasi jangni davom ettira olmasligini malum qildi.
Bugun kun davomida yana 4 nafar bokschimiz jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
11:47
Xalokov "Eyndxoven kubogi"ning eng yaxshi bokschisi deb topildi. Habibullaevda ham sovrin + FOTO 0
Fikrlar