07 sen 00:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdumalik Xalokov Jahon chempionatini ishonchli g'alaba bilan boshlab oldi
Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha Jahon chempionatining yana bir kuni biz uchun ortda qoldi.
Dasturga ko'ra, so'nggi chiqishimiz Abdmalik Xalokovning jangiga to'g'ri keldi.
Hamyurtimizga Turkiya vakili Mehmetxan CHinar raqiblik qildi. 3 raundlik jang to'liq davom etib, yakunda Abdumalik Xalokov ortiqcha qiyinchiliksiz, 5:0 hisobida hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra g'olib bo'ldi.
SHu tariqa, bugun jang qilgan bokschilarimizning barchasi o'z raqiblaridan ustun kelishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar