11 sen 00:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdumalik Xalokov qozog'istonlik raqibni mag'lubiyatga uchratib, JCH yarim finaliga yo'l oldi
Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha Jahon chempionati o'zining eng qizg'in pallasiga etib kelmoqda.
Musobaqada -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Olimpiada va Jahon chempioni Abdumalik Xalokov chorak finalda Qozog'iston vakili Bibars Jeksenga qarshi jang qildi.
To'liq 3 raund davom etgan jangda bokschimiz 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
Abdumalik bungacha Turkiya va Italiya vakillarini mag'lubiyatga uchratgandi. Endi u 12 sentyabr kuni yarim finalda Yaponiya vakiliga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar