28 jan 15:36
Yangiliklar
Abduraimova ishtirokida o'tgan finalda mo'jiza ro'y bermadi
Mukofot jamg'armasi 40 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi hozirgina yakuniga etgan final uchrashuvida kortga chiqdi.
Afsuski, turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan Abduraimova musobaqaning birinchi raketkasi, WTA reytingida 71-o'rinni egallab turgan germaniyalik Tatyana Mariyaga 1/6, 1/6 hisobida imkoniyatni boy berib, Puna turniri vice-chempioniga aylandi.
Taqqoslash uchun, Nigina Abduraimova WTA reytingida 176-pog'onadan joy olgan. U finalga qadar latviyalik Diana Marcinkevichni 6/2, 6/0, rossiyalik Darya Kudashovani 6/2, 6/1, yaponiyalik Eri SHimizuni 6/2, 6/1, 1/2 finalda rossiyalik Valeriya Savinixni 6/4, 2/6, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar