24 okt 16:47
Yangiliklar
Abu-Dabi "Katta Dubulg'a". Baxtiyorov bronza, Tilovov oltin medal uchun tatamiga chiqadi
Sayyoramizning 5 qitasi 77 davlatidan jami 450 (277 erkak, 173 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etayotgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham medallar va Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahslarga kirishishdi.
Bugungi ilk kungi saralash bellashuvlaridan so'ng ikki dzyudochimizning kechki dasturda medallar uchun tatamiga chiqishi malum bo'ldi. -60 kg vaznda kurashgan Kamoliddin Baxtiyorov 1/4 finalda franciyalik Sedrol Revolga yutqazib qo'ydi. O'tish uchrashuvida qozog'istonlik Magjan SHamshadindan ustun keldi. Endi u bronza medali uchun rossiyalik Ayub Blievga qarshi bahs olib boradi.
Quvonarlisi, -66 kg vaznda kurashayotgan Muhriddin Tilovov finalga etib keldi. U ikkinchi bosqichda turkmanistonlik Serdar Rahimovni, uchinchi davrada saudiyalik Munis Havsavini, 1/4 finalda BAA vakili Narmandah Bayanmunhni, 1/2 finalda esa mo'g'ulistonlik Erxembayar Battogtohni mag'lubiyatga uchratdi. Tilovovning oltin medal uchun kechadigan final bellashuvidagi raqibi, Tokio Olimpiadasining kumush medali sovrindori, gruziyalik Vaja Margvelashvili bo'ladi.
Fikrlar