So’nggi yangiliklar

08:32Уайлдернинг Опетаяга қарши жанги Жошуа — Фьюри кардида ўтказилиши мумкин 0 08:01Олтита сариқ, битта қизил: "Реал" "Вильярреал"ни қийинчилик билан мағлуб этди 0 18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0

09 jan 07:52
Yangiliklar

Boks/MMA

ACA 198. Nurmatov taroziga chiqdi. Vazn qila olmagan 5 jangchining 3 nafari nafaqat turnirdan, balki Ligadan haydaldi

Bugun CHechenistonning Grozniy shahrida kardidan hamyurtimiz ishtirokidagi jang o'rin olgan aralash yakkakurashlar bo'yicha ACA 198 turniri bo'lib o'tadi.

Kecha oqshom ishtirokchilari rasmiy tarozidan o'tish hamda so'nggi face to face marosimida hozir bo'lishdi. Turnir kardini ochib beruvchi jangda o'ta engil vazn toifasidagi hamyurtimiz Xolmurod Nurmatov mezbonlar vakili Ramzan Suleymanovga qarshi oktagonga chiqadi. Nurmatov tarozida roppa-rosa 62 kg vazn qayd etdi. Suleymanov esa birozgina engilroq - 61,55 kg tosh bosdi. 

Qizig'i, biryo'la 5 nafar jangchi belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. Ularning 3 nafari nafaqat turnirdan, balki Ligadan chetlatildi. Liga rahbariyati shunday keskin qaror qabul qildi. ASA Ligsi prezidenti Magomed Bibulatov tarozi marosimidan keyingi matbuot anjumani bu haqda alohida gapirdi. 

"Tushunaman — grammlar, lekin kilogrammlarni emas, — dedi Bibulatov. — Biz sizga 500 grammlik imkoniyat berganimizda ham, siz baribir tarozidan yiqilishni uddalaysiz. Ikki kilogramm... Liga shundoq ham jangni bekor qiladi, ammo uch yarim - bularning barchasini men o'zimga nisbatan hurmatsizlik sifatida qabul qilaman".

Bibulatov vazn o'lchash natijalariga ko'ra Lom-Ali Nalgiev (vazni ikki kilogrammdan ortiq), Said-Magomed Batukaev (vazni 3,5 kg dan ortiq) va Islam Yunusov (uchinchi marotaba jangdan echilgani uchun) Ligadan haydalganini malum qildi.

ASA 198 turnirining to'liq tarozi natijalari:

Yarim engil vaznda chempionlik jangi: Islam Omarov (66,3 kg) — Alixan Suleymanov (66,2 kg)

Engil vaznda vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang: Daud SHayxaev (70,6 kg) — Xerdeson Batista (70,45 kg)

Yarim og'ir vazn: Sulim Batalov (93,9 kg) — Asiljan Bakitjanuli (93, 8 kg)

Eng engil vazn: Mansur Xatuev (62 kg) — Kayrat Axmetov (62,15 kg)

Eng engil vazn: Rasul Albasxanov (62,15 kg) — Tomash Dek (61,55 kg)

Yarim o'rta vazn: Xalid Satuev (77,75 kg) — Nikolay Aleksaxin (78 kg)

Yarim engil vazn: Yusup-Xadji Zubariev (66,55 kg) — Karlos Spartas (66,5 kg)

Yarim og'ir vazn: Arbi Aguev (93,5 kg) — Manas Imarov (93,8 kg)

Engil vazn: Imam Vitaxanov (71,15 kg) — Furkat Komilov (71,25 kg)

Eng engil vazn: Murad Kalamov (62,2 kg) — CHermen Gobaev (62,2 kg)

Engil vazn: Lom-Ali Nalgiev (74,1 kg*) — Ali Mashrapov (73,5 kg*)

Engil engil vazn: Islam Yunusov (69,1 kg*) — SHarabutdin Magomedov (66,5 kg)

Yarim engil vazn: SHamil Boraev (67,7 kg*) — Kamal Mamedov (66,8 kg)

Engil vazn: Axmed Magomedov (70,95 kg) — Valeriy Dashkevich (71,15 kg)

Yarim engil vazn: Said-Magomed Batukaev (70,4 kg*) — Kalendar Tabararov (66,45 kg)

Eng engil vazn: Xolmurod Nurmatov (62 kg) — Ramzan Suleymanov (61,55 kg)


* Vazn toifasi meyorini bajara olmagan jangchilar ACA reglamentiga muvofiq jazolanadi. Nalgiev, Yunusov va Batukaev ishtirokidagi janglar bekor qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing