08 avg 13:13
Yangiliklar
Boks/MMA
ACA vice-prezidenti nima uchun Ngannu bilan shartnoma imzolay olmaganini tushuntirdi
ACA vice-prizidenti Aslanbek Badaev ACA nima uchun Frensis Ngannu bilan shartnoma imzolay olmaganini tushuntirdi.
"Biz Ngannu bilan gaplashdik. Menda hatto SMS yozishmalari ham bor. Ngannu UFCʼni tark etgani va pul ishlashni istayotganini juda yaxshi tushundik.
Keyin ASA unga: "Bizga kelishni xohlaysizmi?" deya murojaat qildi. Ngannu esa: "Bolalar, albatta siz ajoyiblar. Sizlarda mening do'stim Toni Jonson jang qilmoqda, u hatto chempion bo'lgan. Biz birga mashq qildik. Unga tayyorgarlik ko'rishga yordam berdik" deya javob berdi.
U hatto ASA akkauntidagi post ostida: "Men boksdaman" deya izoh yozib qoldirgan. Aslini olganda, u yolg'on gapirmadi", - dedi ASA vice-prezidenti Aslanbek Badaev.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar