11 iyu 17:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Adesanya Pereyra bilan jang haqida: "Sanani aniqlab olganmiz"
O'rta vaznda UFC chempioni Israel Adesanya braziliyalik davogar Aleks Pereyra bilan jang o'tkazadi.
Adesanyaning jamoasi Pereyra bilan jang sanasi bo'yicha kelishib olgan.
"Jang sanasi belgilab bo'lingan. Biz hammasini o'ylab, rejalashtirib qo'yganmiz", — deya Israelning so'zlarini keltiradi MMA Mania.
Eslatib o'tamiz, Adesanya va Pereyra ikki bor kikboksingda to'qnash kelishgan. Har ikkala jangda ham Aleks Adesanyani mag'lubiyatga uchratgan. 2017 yilning mart oyida Glory of Heroes 7 turniri doirasidagi jangda Pereyra Adesanyani nokautga uchratgan edi.
Ularning har ikkisi ham UFC 276 turnirida o'z janglarini g'alaba bilan yakunlashdi. Pereyra SHon Striklendni nokautga uchratgan bo'lsa, Adesanya Jared Kannoneni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub eta olgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar