09 okt 08:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Afsonaviy Arturo Gattining 17 yoshli o'g'li otasi kabi o'lim topdi
Kelib chiqishi italiyalik ikki vaznda sobiq jahon chempioni Arturo Gattining o'g'li kichik Arturo Gatti Meksikaning Mexiko shahrida vafot etdi.
Bu haqda World Boxing News portali xabar bermoqda. Arturo dam olish uchun ijaraga olgan kvartirada osilgan holda topilgan. Hozirda policiya vaziyatni o'rganmoqda. Uning otasi ham 2009 yilda kvartirada o'lik holatda topilgan edi.
Kichik Gatti ham o'z hayotini boks bilan bog'lagandi. U 6 yoshida mashg'ulotlarni boshlagan va shundan beri havaskorlar o'rtasidagi musobaqalarda qatnashib kelayotgan edi. Arturo tez orada professional boksda debyut qilishi kutilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar