23 fev 15:09
Yangiliklar
Afsonaviy “Binokor”ning ilk g'alabasi, xokkeychi muxlisning jag'ini poyladi FOTOGALEREYA
Unda afsonaviy “Binokor” jamoasi peshqadam “Xumo” xokkeychilarini 4:2 hisobida mag'lub etdi. Bu “Binokor”ning chempionatdagi ilk g'alabasi bo'ldi. Ertaga turning ikkinchi uchrashuvi “Toshkent” va “Semurg'” jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.
Etiborga molik jihati shundaki, bugungi uchrashuvning uchinchi davrasi o'tib borayotgan bir pallada xokkeychi tomonidan yo'llangan shayba tribunada o'tirgan muxlisning yuz qismiga borib tegdi. Bu holatda “Ice City” majmuasining professional xokkeyga mo'ljallanmagan arena emasligi ko'rinib qoldi.
Oltinchi tur o'tib borayotgan bir pallada O'zbekiston chempionatida 8 ochko to'plagan “Humo” jamoasi yakka peshqadamlik qilmoqda. Ertaga o'zaro o'yin o'tkazuvchi “Semurg'” va “Toshkent” jamoalari hisobida 6tadan ochko bor.
Fikrlar