17 okt 13:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Afsonaviy Rikki Xattonning o'limi sababi aytildi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Rikki Xatton 14 sentyabr kuni Manchester shahrida 46 yoshida vafot etgandi.
Avvalroq, Xattonning menejeri Pol Spik Rikkining 14 sentyabr kuni ertalab Manchester shahridagi uyida tiriklik alomatlarisiz topganini aytgandi. Malum bo'lishicha, boks afsonasi o'zini osish orqali joniga qasd qilgan.
Rikki Xatton bir necha bor depressiya bilan kurashishi haqida ochiq gapirgan edi. 2016 yilda u BBC kanaliga bergan intervyusida bir necha bor o'z joniga qasd qilishga uringanini tan olgandi.
Malumot uchun, Rikki Xatton IBF (2005 va 2007), WBA (2005), IBO (2007), WBA (2006), IBO (2009) yo'nalishlarida jahon chempioni bo'lgan. U so'nggi jangini 2012 yil 24 noyabrda Vyacheslav Senchenkoga qarshi o'tkazib, nokautga uchragandi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar