08 iyu 08:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni 13 yillik tanaffusdan keyin ringga qaytyapti
Prof boksning ikkita vazn toifasida sobiq jahon chempioni Rikki Xatton faoliyatini yangilashini malum qildi.
U BAA vakili Eysa al Daxga qarshi jang o'tkazib, professional ringga qaytishini ijtimoiy tarmoq orqali malum qildi.
Jang sanasi va joyi hozircha aytilmagan.
Xatton so'nggi bor 2012 yilning noyabr oyida ringga chiqib, Vyacheslav Senchenkoga yutqazgan edi. Uning hisobida 45 g'alaba (32 ta nokaut) va 3 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : Fight Hub TV
Fikrlar