17 iyu 10:06
Yangiliklar

Afsonaviy UFC jangchisi teleserialda curatga tushadi
MMA Fighting nashrining xabar berishicha, serial Paramount+ va Lionsgate kompaniyalari tomonidan suratga olinadi. Korme serialda asosiy rollardan birini ijro etadi.
Serial 2011 yilda huddi shu nom ostida ishlangan film asosida suratga olinadi. Serialning 1-mavsumi 10 ta qismdan iborat bo'lishi ko'zda tutilgan.
Rejissyor Gevin O'Konnorning aytishicha, Korme serialda ikki vaznda chempionlikka erishib, ayolining saraton kasalligiga chalingani tufayli faoliyatini yakunlaydi, unga rafiqasining tibbiy to'lovlari uchun juda katta miqdorda pul kerak bo'ladi.
Darvoqe, bu Daniel uchun ushbu sohadagi debyut ish bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Daniel Korme UFC'da so'nggi bor 2020 yil 16 avgustda Stipe Miochichga qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, Korme oktagonga qaytishi mumkinligini malum qilgan edi.
Fikrlar