21 sen 12:22
Yangiliklar
Boks/MMA

"Ahmadalievdan pressing kutgandim" - rossiyalik murabbiy
Mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue hamda hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev ishtirokidagi jang boks mutaxassislari tomonidan hamon muhokama qilinmoqda.
Xususan, rossiyalik murabbiy Mirhakim Saburov ham Inoue — Ahmadaliev jangiga o'z munosabatini bildirdi.
"Inoue va Ahmadaliev jangida Murodjonning yaponiyalikni pressing qilishini kutgan edim, ammo ring hayratlanarli darajada katta edi. Bu esa Inoue uchun ko'p bo'shliq berdi va Murodjon ham mos ravishda hech narsani amalga oshira olmadi.
Umuman olganda, Inoue har doimgidek o'z repertuarida jangni ishonchli g'alabaga olib keldi va hatto 27 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan navbatdagi jangini elon qilib ulgurdi", - dedi Saburov.
Havola :
Fikrlar