08 apr 13:38
Yangiliklar
Futbol
Alba "Barselona"ni tark etmoqchi emas
Tajribali futbolchini hammasi qoniqtirmoqda.
Jordi Alba "Barselona" bilan shartnomasini tugatib qo'yishga tayyor, deya xabar berdi jurnalist Alfredo Martines. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
34 yoshli himoyachi asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'yganidan qo'rqqani yo'q. Jordi Albaga kiyinish xonasida muhim rol o'ynayotgani va yosh jamoadoshlari tomonidan qo'llab-quvvatlayotgani manzur kelmoqda. U shu tufayli "Barselona"da qolish istagida.
Jordi Alba 2012 yilning yozidan beri "Barselona" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Havola :
Manba : twitter.com/Alfremartinezz
Fikrlar