29 sen 16:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleks Pereyra: "Ankalaev hozirgi mavqeyiga arzimaydi"
UFC sobiq chempioni Aleks Pereyra Magomed Ankalaevga qarshi revansh haqida gapirdi.
Jang 5 oktyabr kuni Las-Vegasdagi UFC 320 turnirida bo'lib o'tadi.
"Odamlar uning meni yiqitib, parterda ustunlik qilshi haqida gapirishda davom etishmoqda. Lekin bu ro'y bermadi, chunki u buni bajara olmadi. Birinchi jang oldidan ham shu haqda gapirdi, ammo amalga oshirmadi.
Haqiqat shundaki, u o'z o'rniga, hozirgi mavqeyiga arzimaydi. U yorqin jangchi emas. Eng yomon kunlarimda ham u menga deyarli hech narsa qila olmadi. U nima qiladi? Men jangga tayyorman. Bu mutlaqo boshqacha jang bo'ladi", — dedi Pereyra.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar