08 okt 15:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleks Pereyra nega birinchi jangda Ankalaevga yutqazganini tushuntirdi
UFC chempioni Aleks Pereyra Magomed Ankalaev bilan ilk jangdagi mag'lubiyati sabablarini aytdi.
O'shanda Ankalaev hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba qozongan edi.
"Bu haqda biroz gapirishni istardim. O'shanda o'zimni yaxshi his qilmagandim. Tanam uzluksiz parvozlar va jarohatlardan juda charchagandi. Jangdan bir necha hafta oldin harorat ko'tarilgandi. Tiklanish juda og'ir kechdi.
Ammo men bu jangni o'tkazishim kerak deb hisobladim va undan voz kechgim kelmadi. Eng muhimi — endi sog'lom holatda jang qilish imkoniyatiga ega bo'ldim va o'z kuchim qay darajada ekanligini va nimalarga qodirligimni ko'rsatdim", — dedi Pereyra.
Havola :
Manba : MMA Insight
Fikrlar