05 iyu 14:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleks Pereyra nima sababdan faoliyatida tanaffus olganini aytdi
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni, braziliyalik Aleks Pereyra navbatdagi jangi haqida gapirdi.
"Tez orada keyingi jangim haqidagi aniq malumotlar bilan bo'lishamiz. Hozircha jangimning sanasi aniq emas, lekin menda g'oya bor. Dam olish uchun tanaffus oldim, 2024 yilda juda ko'p ishlab yubordim. Tanam charchagan, jarohatlarim bor edi, shu bois tiklanish uchun ko'proq vaqt ajratishga qaror qildim. Endi sekin-asta qaytyapman", dedi Pereyra.
Eslatib o'tamiz, Aleks mart oyida bo'lib o'tgan UFC 313 turnirining markaziy jangida rossiyalik Magomed Ankalaevga ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lib, yarim og'ir vazn toifasidagi chempionlik kamaridan ayrilgan edi.
Havola :
Manba : UFC Brasil
Fikrlar