08 iyu 10:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Aleks Pereyra qachon navbatdagi jangini o'tkazmoqchi ekanligini aytdi
UFC sobiq chempioni Aleks Pereyra navbatdagi jangi haqida gapirdi.
"Hozircha xech narsani tasdiqlay olmayman, lekin menejerim bilan gaplashdim. U sentyabr, oktyabr yoki noyabr oylari haqida gapirdi. SHu vaqt oralig'ida men jangga tayyor bo'laman", - dedi Aleks Pereyra.
Eslatib o'tamiz, Aleks Pereyra mart oyida Magomed Ankalaevga qarshi jang qilib, ochkolar evaziga imkoniyatni boy bergan va kamaridan mahrum bo'lgandi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar