06 iyu 14:35
Yangiliklar
Aleks Pereyra yangilangan reytingda Top-10`ga kirib oldi
Ikki vaznda sobiq Glory chempioni Aleks Pereyra yangilangan o'rta vazn toifasi reytingida 6-o'ringa ko'tarilib oldi. U yakshanba tongida Las-Vegas shahrida o'tgan UFC 276 turnirida SHon Striklendni nokautga uchratgan edi.
Braziliyalik jangchi ushbu chiroyli g'alabasi evaziga chempionlik kamari uchun potencial davogarga aylandi. Pereyra bunga qadar UFC promoushenida Andreas Mixaylidisni nokautga uchratgan, Bruno Silvani ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgandi.
Aynan yakshanba tongidagi UFC turnirida ushbu divizion chempioni Israel Adesanya davogar Jared Kannoneni zerikarli o'tgan jangda ochkolar hisobi bilan mag'lubiyatga uchratgan edi.
Pereyra - Adesanya jangining amalga oshishi uchun etarlicha faktlar bor. Eng asosiysi, Aleks kikboksingda ikki bor Adesanyani mag'lub eta olgan. Janglarning birida u Israelni chuqur nokautga uchratgandi.
Fikrlar