28 fev 12:12
Yangiliklar

Aleksandir SHlemenko navbatdagi jangini elon qildi
U 2021 yil mayning boshida Vladivostokda ringga ko'tariladi.
Aleksandir SHlemenko instagram sahifasiga, "Hammaga salom! Mening keyingi jangim mayning boshlarida AMC Fight Nights'ning Vladivostokdagi turnirida bo'lib o'tadi. Raqiblarimga to'xtaladigan bo'lsak, bir nechta qiziqarli variantlar bor, ular bilan matchmaykerlar shug'ullanishyapti. Yaqinda raqibim kimligini malum qilamiz.
Menga muxlislik qilayotganlarni va meni qo'llab-quvvatlayotganlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Birga ekanligingiz uchun rahmat. Sizlar bilan mayning boshlarida Vladivostokda uchrashamiz. Hamma Vladivostokliklarga salom. Ko'rishguncha",- deb vedeo qoldirgan.
Malumot uchun: SHlemenko 2010 yildan 2018 yilgacha Bellator'da jang qilgan. Rossiyalik sportchida umumiy aralash jang bo'yicha 73 marta ringga ko'tarilgan, ularning 59 tasida g'alaba qozongan va 13 tasida mag'lubiyatga bardosh bergan, hamda bitta jangda muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Fikrlar