03 iyu 09:26
Yangiliklar
![](/upload/storage/39782_220.jpg)
Aleksandr Povetkin: “Joshua bilan jang kuzda o'tkaziladi”
Hozirda rossiyalik bokschining jamoasi britaniyalik chempionning promouteri Eddi Xirn bilan muzokara olib boryapti. Xirnning aytishicha, agar WBC chempioni amerikalik Deontey Uaylder Joshua bilan birlashtiruvchi chempionlik jangining Buyuk Britaniyada o'tkazilishiga rozilik bermasa, u holda Joshua - Povetkin jangi sentyabr oyida bo'lib o'tadi.
“Men jahon chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga aylandim. SHunday ekan, Entoni Joshua bilan jang har qanday holatda ham o'tkazilishi kerak. Hozircha jangning qachon va qaerda o'tkazilishi malum emas. Lekin katta ehtimol bilan bu jang sentyabr oyida Angliyada tashkil qilinadi. Jang muddati aniq bo'lishi bilan tayyorgarlikni boshlayman”, - dedi Povetkin.
Fikrlar