22 sen 14:33
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/45517_220.jpg)
Aleksandr Povetkin: “Joshuani mag'lub etish uchun borimni beraman”
Bugun jahon chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladigan Aleksandr Povetkin ochiq mashg'ulotdan so'ng o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
Rossiyalik bokschi o'zi uchun berilgan imkoniyatdan maksimal darajada foydalanib, Entoni Joshuaga tegishli chempionlik kamarlarini tortib olishga astoydil harakat qilishini urg'uladi.
“Biz mashg'ulotlarda barchasini inobatga olganmiz. Joshuaning har bir jang olib borish uslubini o'rganib chiqdik. Hozir bu imkoniyatdan foydalana olmasam, keyin boshqa bunday “shans” bo'lmasligi mumkin.
Vladimir Klichkodan mag'lubiyat? Tan olaman, o'sha paytda Volodya menda kuchli edi. Mening jismoniy tayyorgarligim talab darajasida emasdi. Joshuaga yutqazish? Bu haqda umuman o'ylayotganim yo'q. Ringga faqat g'alaba ishtiyoqi va ilinjida tushaman”, – dedi Povetkin.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar