So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

17 noy 15:19
Yangiliklar

Dzyudo

Alfraganus University bilan hamkorlik Memorandumi imzolandi FOTOGALEREYA

Teglar :  AlfraganusDzyudo
O'zbekiston dzyudo federaciyasining olimpiya oilasiga mansub dzyudo sport turini birgalikda rivojlantirish bo'yicha hamkor oliy o'quv dargohlari soni yana bittaga ko'paydi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga yurtimiz sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risidagi Qarorida sport talimi tizimini tubdan takomillashtirish va raqamlashtirish, olimpiya va paralimpiya dasturlariga kiritilgan sport turlari bo'yicha yuqori natijador va olimpiya sportchilar zaxirasini yaratish, sport menejmentini takomillashtirish, sport bazalari va inshootlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy standartlarga javob beradigan yangi sport obektlarini barpo etish, ulardan maqsadli va samarali foydalanish kabi bandlar bo'lib, O'zbekiston dzyudo federaciyasi bu yo'nalishlarni amaliyotga tadbiq etib kelmoqda. 

SHu kungacha Federaciya Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan hamkorlik Memorandumlari imzolangan edi. Kuni kecha dzyudo sport turini yanada rivojlantirish yo'lida federaciya bilan hamkorlik qiladigan oliy o'quv yurtlari soni yana bittaga ko'paydi. 

Endilikda Alfraganus universiteti bilan hamkorlikdagi ishlar yo'lga qo'yiladi. O'zbekiston dzyudo federaciyasida o'tgan tadbirda Alfraganus University nodavlat oliy talim tashkiloti rektori Muhammadismoil Mahmudov, Universitetning ilmiy ishlar va innovaciyalar bo'yicha rektor maslahatchisi Farmonqul Egamerdiev, O'zbekiston dzyudo federaciyasi Bosh kotibi Aziz Sobirov, federaciya raisi maslahatchisi Kseniya Gulyamova va bosh masullar ishtirok etdi. 

Malumot uchun, Alfraganus universiteti 2022 yilda tashkil etilgan bo'lib, uning iqtisod, filologiya, pedagogika, ijtimoiy fanlar, raqamli texnologiyalar, tibbiyot, jismoniy tarbiya va sport, turizm fakultetlari hamda ular tarkibida 37 ta yo'nalishi mavjud. Alfraganus universiteti o'zbek qomusiy olimi Ahmad Al-Farg'oniy nomiga Alfraganus deb nomlangan. Al-Farg'oniy Evropada aynan shu nom bilan mashhur bo'lgan va oydagi kraterlarning biri ham olim sharafiga shunday atalgan.

"Jismoniy tarbiya va sport" fakulteti Vazirlar Mahkamasi huzuridagi talim sifatini nazorat qilish davlat inspekciyasining 2022 yil 12 avgustdagi # 034974-sonli licenziyasi asosida tashkil etilgan. Fakultetning maqsadi shaxsning intellektual, madaniy va axloqiy rivojlanishiga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish, oliy malumotga ega bo'lish, jamiyatni jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali mutaxassislar bilan taminlash uchun ijtimoiy buyurtmalarni bajarishdan iborat.

Universitet rahbariyati Federaciyaga tashrifi chog'ida bu erdagi mo'jazgina muzey, terma jamoa azolari mashg'ulot o'tkazadigan dzyudo zali, mehmonxona, oshxona, umuman dzyudochilar uchun muhayyo qilingan barcha sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Tomonlar o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish, ilmiy-uslubiy va innovacion texnologiyalar asosida dzyudo sport turini yanada takomillashtirish bo'yicha o'zaro hamkorlik qilishga kelishib olishdi.  

Memorandumga ko'ra, Federaciya universitetda dzyudo bilan shug'ullanuvchilar uchun mashg'ulotlarni tashkil etish, malakali murabbiylar bilan taminlash, mashhur dzyudochilarimiz ishtirokida mahorat saboqlarini o'tkazish, talabalar bilan uchrashuvlar uyushtirish kabi qator yo'nalishlarga masul bo'ladi. O'z o'rnida Universitet tomonidan xalqaro musobaqalarda natija ko'rsatgan hamda Federaciya tomonidan tavsiya etilgan dzyudochilarimizning ushbu oliy o'quv dargohidagi imtiyozli tahsil olishi taminlanadi.   

Ishonamizki, ikki tomonlama hamkorlik yurtimiz dzyudosi rivojiga xizmat qiladi. Tadbir yakunida tomonlar o'zaro esdalik sovg'alarini almashishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing