09 avg 12:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Ali Abdel-Aziz AQSH Prezidenti yaxshi ko'radigan ikki jangchini aytdi. Ular orasida rossiyalik ham bor!
Taniqli UFC jangchilari, xususan chempionlarining menejeri Ali Abdel-Aziz Donald Tramp janglariga befarq bo'lmagan ikki aralash yakkakurashchilarni ochiqladi.
Engil vazn toifasida UFC chempioni Jastin Getjining ham menejeri bo'lgan Ali Abdel-Azizning aytishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp jangchini Oq uyga taklif qilgan va uning shaxsiyatiga qoyil qolib, u bilan uch soat suhbatlashgan.
"Uch hafta oldin men Prezident Tramp Jastin Getjini taklif qilganini va u bilan uch soat suhbatlashganini ko'rish imkoniyatiga ega bo'ldim. Men AQSH Prezidentining Jastin bilan qanday muloqot qilganidan hayratda qoldim. U bu odamga qoyil qoladi va uni hurmat qiladi. Ishochim komil, Tramp ikki jangchini hammadan ko'proq yaxshi ko'radi: Jastin Getji va Xabib Nurmagomedov!", - deya Abdel-Azizning so'zlarini MMA Fighting nashri keltirmoqda.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar