09 okt 15:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Aljameyn Sterling Dillashouni noqonuniy moddalar qabul qilganlikda aybladi
UFC chempioni Aljameyn Sterling bo'lajak raqibi Ti Jey Dillashou doping istemol qiladi deb hisoblamoqda.
"O'ylashimcha noqonuniy dorilarni qabul qiladi deb o'ylayman.
U ustunlikka erishish yo'lini topishiga kafolat beraman. U UFCʼdagi faoliyati davomida shunday ishlar bilan ham shug'ullangan.
Bu faoliyatimdagi birinchi jang emasligini his qilaman, raqibim noqonuniy giyohvand moddalarni istemol qilgan. Demak, g'alaba qozonish uchun mahoratim etarli deb o'ylayman. Buni oldin ham qilganman, hozir ham qilaman", - dedi Sterling.
Eslatib o'tamiz, Sterling va Dillashou o'rtasidagi jang 22 oktyabr kuni Abu-Dabidagi UFC 280 turnirida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar