So’nggi yangiliklar

20:23РАСМАН! Богдан Гусковнинг UFC'даги кейинги жанги эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 19:51Каннаваро ЖЧ тарихига кирди 0 19:05Эртага 9 нафар боксчимиз Хитойдаги жаҳон кубогида жанг қилади 0 18:35Конор Макгрегор: "UFC'да қолишимга умид қиламан" 0 17:24Беҳруз Каримов Луис Диасни зарарсизлантириш, узоқ масофадан зарба ва бошқа масалалар ҳақида 0 16:48Перейра Ган билан жанг учун апелляция беришдан воз кечди. У реванш истамоқда 0 15:21"Шара Буллет ҳеч қачон UFC чемпиони бўлмайди" - Царукян 0 14:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 13:13Колумбия бош мураббийи Ўзбекистонга қарши учрашувдан сўнг нималар деди? 0 12:36UFC 330 турнири учун иккинчи чемпионлик жанги эълон қилинди 0 11:17Жаҳон кубоги. Феруза Казакова Хитойдаги юришини муваффақиятли бошлади 0 10:44Алекс Перейра оғир вазнда қоладими? Унинг ўзи жавоб берди 0 10:16Фабио Каннаваро: "Хатолар бўлди, улар устида ишлаймиз" 0 09:02ЖЧ-2026. Колумбияга қарши тарихий ўйинда имкониятни бой бердик 0 07:33P4P UFC рейтинги янгиланди: Рўйхатда икки янги ном 0

05 may 13:46
Yangiliklar

Boks/MMA

"Alpomish" ikkinchi jangini o'tkazadi

Teglar :  AlpomishMMA
AQSHda faoliyat yuritayotgan o'zbek o'g'loni Murodbek CHoriev ("Alpomish") haqida avval xabar bergandik.

U MMA yo'nalishidagi debyut qilib g'alaba qozongan edi. Ayni paytda u ikkinchi jangiga hozirlik ko'rmoqda. Hamyurtimiz 11 may kuni Missuri shtati Sent-Lyuis shahrining "River City Casino & Hotel" arenasida navbatdagi jangini o'tkazadi. O'sha kuni u mezbon sportchi Antoni Oden bilan kuch sinashadi. Murodbek murabbiylari Stiven Mann hamda Jessi Finnan qo'l ostida janga jiddiy tayyorlanmoqda.

Uning murabbiylari Alpomish haqida ajoyib fikrlar bildirgan. Qolaversa, Murodbek CHorievning o'zi ham ko'tarinki kayfiyatda. Bu haqidagi videoni Telegramdagi kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.


"Men Jessi Finnanman. Alpomish bilan bilan ishlayotganimdan bag'oyatta mamnunman. Biz bu vaqt ichida judayam ko'p sportchilar bilan ishladik. Ammo, bu yigit o'sishda davom etmokda, eng asosiysi u biz bilan birga o'smoq. Biz yaqin orada uni professional jangchiga aylantiramiz. Ishonamanki, 3-5 yilda u UFC yoki Bellator chempioni boladi"-dedi murabbiy.

Stiven Manning fikrlari esa quyidagicha: "Maks juda yaxshi bola, u 6 yildan beri men bilan shug'ullanmoqda. Bu erga kelganida yosh bola edi va juda (qattiq) mashg'ulot o'tkazardi. Har bir mashqqa jiddiy qaraydi. Undan yaxshi natija kutsa bo'ladi. Agar shu ruxda davom etsa, uni porlok kelajak kutmoqda".

Sportchimizga navbatdagi jangida omad tilaymiz. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing