20 sen 17:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Alvares shu yilning o'zidayoq ilk himoya jangini o'tkazadi
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBC va WBA yo'nalishlari chempioni Saul Alvares o'zining ilk chempionlik himoya jangini 15 dekabr kuni o'tkazishi mumkin.
Bu haqda uning promouteri Erik Gomes xabar berdi. Gomesning aytishicha, Alvaresning raqibi katta ehtimol bilan sobiq jahon chempioni David Leme bo'ladi.
“Biz shu haftada yig'ilib, keyingi rejalarni tuzib olamiz. Alvares faoliyati davomida Nyu-York shahrida jang o'tkazmagan. U Muhammad Ali, Oskar De La Xoyya kabi afsonalar jang o'tkazgan Madison Squere Garden arenasi ringiga ko'tarilishni juda ham xohlamoqda. O'z o'rnida arena rahbariyati ham bunga rozilik berdi”, - dedi Gomes.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar